» » Futbol bo‘yicha Ispaniya va Fransiya chempionati koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi

Futbol bo‘yicha Ispaniya va Fransiya chempionati koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi


Koronavirus sabab Ispaniya va Fransiya chempionatlarining navbatdagi tur o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tadi.

Fransiya chempionati bahslari 15-aprelga qadar bo‘sh stadionlarda o‘tadi. Liga 1 ijroqo‘mi shu qarorga kelgan.

La Liga qaroriga ko‘ra, Primera va Segundaning keyingi ikki turi tomoshabinlarsiz o‘tadi. Epidemiyaning tarqalishiga qarab ushbu muddat ko‘payishi ham mumkin. Liga ayni damda musobaqaning joriy mavsumini to‘xtalishlarsiz o‘tkazib olish haqida bosh qotirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 1400 kishiga yetdi, qurbonlar 30 nafarni tashkil etdi. Ispaniyada esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 1200 kishidan oshgan.

Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Barselona”—“Napoli” va “Valensiya”—“Atalanta” uchrashuvlari ham tomoshabinlar ishtirokisiz kechadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya chempionatining navbatdagi tur o‘yinlar koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют