» » Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi


Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan shaxs — Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan Turkiya fuqarosi. “Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Uning barcha oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar nazorat ostida”, — deydi Koja.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “O‘rtoqlar, bizga — 16-kasalxonaga ikkita koronavirus keldi, ehtiyotlaringni qilinglar, Toshkentda juda ko‘payib ketgan koronavirus, lekin buni yashirishyapti. Ikki qavat niqob taqinglar, ko‘zlaringga ko‘zoynak taqinglar, chunki koronavirus ko‘zning shilliq qavatidan yuqadi”, — degan audioxabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumot haqiqatga zid.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют