» » Ozarbayjonda koronavirus sabab Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilindi

Ozarbayjonda koronavirus sabab Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilindi


Ozarbayjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qildi. Bu haqda mamlakat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha operativ shtabiga tayanib, “Interfaks.az” xabar berdi.

Shtab Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan maslahatlashuvlardan so‘ng barcha ommaviy tadbirlarni boshqa vaqtga ko‘chirishga qaror qildi.

Ozarbayjonda Navro‘z bayrami munosabati bilan 20-martdan 27-martgacha dam olish kunlari e’lon qilinadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 13 ta holat qayd etilgan. Avvalroq Ozarbayjonda koronavirus sababli barcha OTM va maktablar vaqtincha yopilgan edi.

Dunyoning 110 dan ortiq mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalgani sabab Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi hamda 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “Ziyorat turizmi haftaligi” qoldirilgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusni yashirish imkonsizligi, agar kasallik mamlakat hududida qayd etiladigan bo‘lsa, unga qarshi kurash uchun dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlar yetarli ekanini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют