» » Afg‘oniston hukumati tinchlik kelishuvi doirasida “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozodlikka chiqaradi

Afg‘oniston hukumati tinchlik kelishuvi doirasida “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozodlikka chiqaradi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani asirga olingan “Tolibon” radikal harakati a’zolarini afv etish va ozod etish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon “Tolibon”ning 1,5 ming nafar a’zosini ozod etishni ko‘zda tutadi, deb xabar berdi “RBK”.

“Tolibon” a’zolarining ozod etilishi AQSh va “Tolibon” harakati o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimining shartlaridan biri edi.

“Tolibon” a’zolari 15 kun davomida har kuni 100 kishidan ozod qilinadi. Farmonda aytilishicha, barcha ozod etilganlar “jangovar harakatlar hududiga qaytmaslikka yozma ravishda va’da berishi” kerak bo‘ladi.

Radikal harakat a’zolarining ozod qilinishi 4 kun ichida boshlanadi.

AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati 5 ming nafar jangarini ozod qilishi kerak. Ashraf G‘ani imzolagan farmonda agar muzokaralar muvaffaqiyatli davom etsa, hukumat ko‘rsatilgan sondagi mahbuslarning barchasi qo‘yib yuborilmaguncha kuniga 500 kishidan ozod qilishi belgilab qo‘yilgan.

9-mart kuni AQSh kelishuvning o‘ziga tegishli bandini bajarishga kirishib, Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi. AQSh 14 oy ichida barcha qo‘shinlarini olib chiqishga va’da bergan.

Mavzuga doir: AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi

Eslatib o‘tamiz, 29-fevral, shanba, kuni Qatar poytaxti Dohada AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod hamda “Tolibon” yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar kelishuv bitimini imzolagan edi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu tinchlik muzokaralarida ishtirok etgan. “Tolibon” O‘zbekistonning Afg‘oniston mojarosini hal etishdagi sa’y-harakatlarini e’tirof etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют