» » Qo‘qonda kameralar “to‘xtash taqiqlangan” joyda 1 daqiqadan ko‘proq qoldirilgan avtomobillarga jarima yoza boshladi (video)  

Qo‘qonda kameralar “to‘xtash taqiqlangan” joyda 1 daqiqadan ko‘proq qoldirilgan avtomobillarga jarima yoza boshladi (video)  


Qo‘qon shahridagi Forobiy ko‘chasida “to‘xtash taqiqlangan” belgisi ostida qoldirilgan avtomobillarni qayd etuvchi to‘rtta videokamera o‘rnatildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB boshlig‘i Shamsiddin Usmonov “Yoshlar” telekanalining “Davr intervyu” ko‘rsatuvida ma’lum qildi.

“Haydovchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida belgi ostiga kelib to‘xtab, yo‘lovchini tushirib ketishi uchun kamerani ishlab chiqargan Hikvision kompaniyasi bilan kelishgan holda 1 daqiqa berishga qaror qildik. Agar haydovchi shu vaqtda yo‘lovchisini tushirib, ketishga ulgursa, unga jarima yozilmaydi. Lekin kamera bir aylanib, o‘sha davlat raqamli avtomobilning ‘to‘xtash taqiqlangan’ belgisi ostida haligacha turganini qayd etsa, jarima belgilanadi”, — deydi Shamsiddin Usmonov.

Ma’lumot uchun, “to‘xtash taqiqlangan” belgisi ostida qoldirilgan avtomobillar haydovchilari ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Bizning maqsadimiz haydovchilarni jarimaga tortib, ulardan pul undirish emas, balki tartib o‘rnatish”, — deydi Farg‘ona IIB YHXB boshlig‘i.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют