» » Kiyevda koronavirus sababli 12-martdan boshlab ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, maktablar yopiladi

Kiyevda koronavirus sababli 12-martdan boshlab ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, maktablar yopiladi


Ukraina poytaxti Kiyev shahrida koronavirusga qarshi choralar va cheklovlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda “RBK Ukraina” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kiyevda 12-martdan boshlab koronavirus bo‘yicha karantin joriy etiladi. Shu sababli ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopiladi.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ta’kidlashicha, shaharda koronavirus bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

“Koronavirusning ehtimoliy tarqalishining oldini olish uchun poytaxt hokimiyati epidemiyaga qarshi choralar va cheklovlar rejasini tasdiqladi. Kiyevda koronavirus bilan bog‘liq holatlar hali qayd etilmagan bo‘lsa ham, biz kutmaslikka va shahar aholisini himoya qilishga qaror qildik. 12-martdan boshlab Kiyevda profilaktika choralarini joriy qilamiz”, — dedi Klichko.

Xususan, umumiy va oliy ta’lim muassasalarida, bolalar bog‘chalarida, san’at, sport maktablarida o‘quv jarayoni vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Kiyevda ommaviy tadbirlar o‘tkazish cheklanadi. Bu konsertlar, konferensiyalar, film namoyishlari va boshqa tadbirlarga ham tegishli bo‘ladi. Savdo va ko‘ngilochar markazlar yopiladi.

Avvalroq Kiyev rasmiylari shaharda koronavirus qayd etilsa va u ommaviy tus olsa, maktablar va metro yopilishi mumkinligini aytgan.

Ayni paytda Ukrainada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha bitta holat rasman tasdiqlangan. 2020-yilning 3-mart kuni Italiyaga safar qilgan erkakda virus aniqlandi. 10-mart holatiga ko‘ra, uning ahvoli barqaror.

Mavzuga doir: Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Aeroportdagi tekshiruvlar bemorda kasallik belgilarini ko‘rsatmagandi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning koronavirus tarqalish markazida karantin qisman yengillashtirildi. Gruziyada birinchi bor o‘smir yigitda koronavirus aniqlandi. Turkiyada ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi. Google esa o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qildi. Nyu-Yorkda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xalqaro avtoshou koronavirus sabab avgust oyiga qoldirildi. Amerikada koronavirus bo‘yicha biznes-konferensiya koronavirus sababli qoldirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют