» » Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi

Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi


Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Ermatov.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 10-mart kuni Marg‘ilon shahri markazidagi Burhoniddin Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon—Farg‘ona shaharlari hamda Marg‘ilon—Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi Damas haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilar harakatiga xalal bergan.

Mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida viloyat IIB YHXB xodimlari hodisa joyiga yetib borgan. Ammo Damas haydovchilari YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (Mayda bezorilik), 194-modda (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining qarori bilan haydovchilarning 2 nafariga 15 sutka, 9 nafariga 10 sutka, 8 nafariga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada YPX inspektorini nohaq ayblab, videoga olgan fuqaro 10 sutkaga, Samarqandda YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro esa 5 sutkaga qamalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют