» » O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi

O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020-yil 15-yanvardan 11-martgacha bo‘lgan davrda Xitoy va epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan O‘zbekistonga jami 7056 kishi kelgan. Ularning 1911 nafari salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Qayd etilishicha, 11-mart, chorshanba kuni, soat 16:00 gacha O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar orqali 20 ta reysda 2203 kishi mamlakatga kirib keldi. Temiryo‘llar orqali 3 ta poyezdda 460 kishi, qolgan chegara-bojxona postlaridan 876 ta avtotransport egalari va 17 403 nafar yo‘lovchi respublika hududiga kelgan.

Ta’kidlanishicha, ularning barchasi termometriyadan o‘tkazilgan. Mazkur fuqarolar orasida oxirgi 15 kun ichida koronavirus tarqalgan davlatlarda bo‘lgan 55 kishi bo‘lgan. Ular orasida isitma va yuqori nafas yo‘llarining shamollash belgilari bo‘lgan kishilar aniqlanmadi.

Agentlikning qayd etishicha, O‘zbekistonda 2020-yil 11-mart holatiga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik talaba Koreyadan Toshkentga isitma bilan qaytdi, biroq unda koronavirus aniqlanmadi

Mamlakat aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda

Agentlik koronavirus va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘yicha +99871 276 49 66 telefon raqamiga murojaat qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 11-mart holati bo‘yicha dunyoning 114 ta davlatida jami 119 096 kishida koronavirus aniqlangan, ulardan 65 765 nafari sog‘aygan, 4284 nafari vafot etgan. Kasallikning bir sutkada o‘sishi Xitoyda 31 nafarni, boshqa davlatlarda 4805 nafarni tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.

Shu bilan birga, Pentagon rahbari koronavirus tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi. O‘zbekistonda xitoylik sayyohlar soni keskin kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют