» » Zoir Mirzayev rahbarlarga qishlog‘i uchun kutubxona qurish talabini qo‘ygandi. Birinchi kutubxona Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida ish boshladi

Zoir Mirzayev rahbarlarga qishlog‘i uchun kutubxona qurish talabini qo‘ygandi. Birinchi kutubxona Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida ish boshladi


Zoir Mirzayev viloyat hokimi sifatida Dehqonobod tumaniga birinchi tashrifida viloyat boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq uchun kutubxona qurib berish taklifini bergandi. Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida birinchi kutubxona ish boshladi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Zoir Mirzayev 2019-yil 26-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlangach, shu yilning 6-noyabr kuni Dehqonobod tumaniga borgandi. Viloyat hokimi Dehqonobod Kaliy zavodida viloyat tashkiloti rahbarlari bilan muloqotida viloyatda ishlayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda o‘g‘irlangan pulga emas, o‘z nomiga olingan kredit mablag‘iga kutubxona qurish talabini qo‘ygandi.

Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Anvar Muzapov mazkur topshiriqqa asosan, Qoluvdor qishlog‘ida 50 million so‘m mablag‘ evaziga qishloq yoshlari uchun kutubxona qurib berdi. Shuningdek, kutubxonaga 500 dona kitob ham sovg‘a qildi.

“Dehqonobodlik yoshlar bu g‘amxo‘rlikka munosib javob berishiga ishonamiz va biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Maktab o‘quvchilari uchun futbol maydoni, qishloq ahli uchun tibbiyot markazi qurib beramiz. Aholini qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammosini ham hal etamiz”, — dedi kutubxona ochilishida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, Dehqonobod tumanida “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi bo‘yicha 152 nafar yoshga 1 gektardan yer ham berilgan. Qizilcha qishlog‘ida davom etgan tadbirda Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov ham 100 nafar yoshga yer berib, pista, bodom ko‘chatlarini ekish sirlarini o‘rgatgan.

Zoir Mirzayevning Dehqonobodga tashrifi so‘ngida Ingichka qishlog‘iga boradigan yo‘lni ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan mablag‘ ajaratishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют