» » Hot Wheels avtoo‘yinchog‘i 150 ming dollar baholandi

Hot Wheels avtoo‘yinchog‘i 150 ming dollar baholandi


Beach Bomb turkumidagi xatolik tufayli chiqarilgan Hot Wheels avtoo‘yinchog‘i 150 ming dollargacha baholanmoqda. Bu haqda “Motor” xabar berdi. 

O‘yinchoq 1969-yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Microbus miniveni nusxasi sifatida tayyorlangan.

Komplektida ikki syorfing-taxta borligi uning ajralib turuvchi xususiyati hisoblanadi. Biroq keyinchalik o‘yinchoq Mattel Supercharger “garaji” uchun o‘ta og‘ir ekanligi ma’lum bo‘ldi va uni qayta tayyorlashga qaror qilindi. 

Natijada Volkswagen Microbus’ning boshqa versiyasi sotuvga chiqdi, biroq nosozlik aniqlangunga qadar “noto‘g‘ri” o‘yinchoqlar turkumi tarqalishga ulgurgan edi. 

O‘yinchoq bahosini uning tim qizil rangi ham oshirmoqda: yaroqsiz modelchalar orasida bu eng noyob rang hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют