» » Saudiya Arabistonining bayonotidan keyin neft narxi qariyb 4 foizga pasaydi

Saudiya Arabistonining bayonotidan keyin neft narxi qariyb 4 foizga pasaydi


London birjasida Brent markali neft narxi savdo sessiyasi ochilgan vaqtda qariyb 4 foizga pasaygan. Ushbu hodisa Saudiya Arabistonining neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 12 million barrel emas, balki 13 million barrelga yetkazish haqidagi bayonotidan keyin sodir bo‘ldi, deb yozmoqda “RBK”.

11-mart, chorshanba kuni, tonggi savdolarda neft narxi 6 foizga o‘sgan va Brent markali neft bir barrel uchun 39,59 AQSh dollariga baholangandi. Biroq Ar-Riyodning bayonotidan keyin neft narxi yana 4 foizga arzonlashgan va barrel uchun 35,75 dollar ko‘rsatkichida baholangan. WTI markasidagi Texas neftining narxi barrel uchun 33,4 dollarni tashkil qilgan.

Saudi Aramco davlat kompaniyasi Energetika vazirligidan bir sutkada ishlab chiqariladigan neft hajmini 12 milliondan 13 million barrelga yetkazish rejasini olganini ma’lum qilgan. Biroq ushbu xabarnomada kompaniyaning qancha muddatda ushbu natijaga erishishni maqsad qilganiga aniqlik kiritilmagan.

Avval Saudi Aramco 2020-yil aprel oyigacha jahon bozoriga neft yetkazib berish hajmini sutkasiga 12,3 million barrelga yetkazishi xabar qilingan. Bu Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan kelishuvda ko‘zda tutilgan 2020-yil birinchi choragi uchun belgilangan miqdordan 26 foizga ko‘p. Kelishuvga ko‘ra, Saudi Aramco kompaniyasi sutkasiga 9,7 million barrel neft ishlab chiqarishi lozim edi.

6-mart, juma kuni, neft narxlari barqarorligini ta’minlash maqsadida imzolanishi kerak bo‘lgan OPEK+ kelishuvi barbod bo‘lgan. Rossiya Saudiya Arabistoni talab qilgan neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish bo‘yicha shartlarni bajarishdan bosh tortgan. Shu kunning o‘zida Brent markasidagi neft narxi barrel uchun 50 dollardan 45 dollarga tushib ketdi, 9-mart, dushanba kuni esa Brent neftining narxi qariyb 30 foizga pasayib, minimal hisoblaganda barrel uchun 31,02 dollardan baholana boshladi.

Neft narxining pasayishi Rossiya rubliga tez ta’sir ko‘rsatdi, 9-mart mamlakatda dam olish kuni edi va Forex bozorida rubl kursi dollar uchun 75 rublgacha arzonlashdi. 10-mart kuni Rossiya bozorida ham pastlash kuzatilib, Moskva birjasining indeksi 16 foizga pastladi. Savdolar yakunida “Rosneft” 17,5 foizga, “Lukoyl” 18,4 foizga, “Tatneft” 19 foizga, “Surgutneftgaz” aksiyalari esa 13 foizga pastlagan. Yevro 85 rubldan sotilgan, Yevropa valyutasi kursi 81,9 rublni tashkil qilgan. Dollarning birjadagi narxi esa 72,03 rublni tashkil etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют