» » JSST vakili koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirdi

JSST vakili koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppens “O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelish ehtimoli yuqori ekanini qayd etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Kuppensning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistondagi aholi vakillarida koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmagan.

“Virus yuqumli bo‘lgani va 6 ta qit’ani zararlagani sababli, uning yaqin orada O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori”, – deya ta’kidlagan JSST vakili.

Kuppens o‘zbekistonliklarni ogoh bo‘lishga, JSST tomonidan berilgan tavsiyalarga, tozalik va gigiyenaga rioya qilishga, biroq, vahimaga tushmaslikka chaqirgan.

Mavzuga doir: 

“Biz koronavirusning oldini olishda faol bo‘lishimiz lozim”, – deya qo‘shimcha qilgan Kuppens.

JSSTning O‘zbekistondagi vakilining aytishicha, dunyodagi birorta davlat, hatto eng rivojlangan mamlakat ham koronavirus oqibatlariga to‘liq tayyor bo‘la olmaydi. JSST bu borada O‘zbekistonga monitoring qilishda, kasallikni erta bosqichida aniqlashda, tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishda, tibbiy muassasalarni izolyatsiya qilish va bu borada tibbiyot xodimlarining bilim hamda salohiyatini oshirishda yordam bermoqda.

Doktor Kuppensning fikricha, O‘zbekiston zarur choralarni ko‘rishi lozim va bu yo‘nalishda ishlar faol ravishda olib borilmoqda.

Kuppens O‘zbekiston JSSTning barcha tavsiyalariga amal qilayotganiga ishontirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют