» » Shavkat Mirziyoyev: Mahalla xalq bilan davlat o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Mahalla xalq bilan davlat o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Katta Xirmontepa” va “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Katta Xirmontepa” mahallasida asosan ko‘p qavatli uylar joylashgan. O‘zbekiston Prezidenti mahalla hududi bilan tanishdi. Ko‘p qavatli uylar, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar atrofini obodonlashtirish, yo‘laklarni ta’mirlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Maktab — ta’lim-tarbiya maskani. Bu joydagi obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish zarur. Ta’lim muassasalari oldida doimo gul ekilgan, saronjom-sarishta bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev shu yerda yashovchi aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

“Yakkatut” mahallasida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, ikkita maktab, ikkita kollej faoliyat yuritmoqda. Prezident mazkur mahalla hayoti bilan tanishdi, xalq bilan muloqot qildi.

Shu yerda Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan namunaviy mahalla markazlari loyihalari haqida axborot berildi.

Joriy yilning mart oyida Prezident Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bo‘lib, bu yerda fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishar ekan, Toshkent shahrida, qolaversa, O‘zbekistonning barcha hududlarida mana shunday mahalla markazlarini bunyod etish haqida ko‘rsatmalar bergan edi.

“Mahallalar o‘z zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar bilan birga, yetarli shart-sharoitlarga ham ega bo‘lmog‘i lozim”, — dedi Prezident.

Taklif etilayotgan yangi mahalla markazlari loyihasida mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Prezidentning tavsiyasiga ko‘ra, profilaktika inspektori o‘zi ishlaydigan mahalla hududida yashashi lozim. Bu profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot o‘rnatishi, ko‘chalar va jamoat joylarini qat’iy nazoratga olishida muhim ahamiyatga ega.

Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga mashinalar bilan ta’minlash, ularning yashashi va samarali ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Mahalla markazlarida choyxona, novvoyxona, “Go‘zallik salonlari”, do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari bo‘lishi odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

“Mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlarning quvonchu tashvishidan doimo xabardor bo‘lish mahallaning asosiy vazifasidir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют