» » Moskva meriyasi koronavirus sabab kuzatuvga olingan odamlar soni haqida ma’lumot berdi

Moskva meriyasi koronavirus sabab kuzatuvga olingan odamlar soni haqida ma’lumot berdi


Moskvada COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bilan bog‘liq 9 ta yangi holat qayd qilingan, lekin shunga qaramay tibbiyot xodimlari tomonidan mingga yaqin kishi ushbu o‘nlikka yaqin kelgani tufayli kuzatuvga olingan, deyiladi “RBK” xabarida.

“Ular nafaqat yaqin do‘st va qarindoshlar, samolyot reyslarining yo‘lovchilari, shuningdek, taksi haydovchilari, kuryerlar va boshqa kasb vakillari”, — deya vaziyatga izoh bergan Moskva shahri meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar qisqa vaqt ichida aloqa qilishga ulgurgan odamlar juda tez aniqlangan. Minglab odamlar orasida kasalxonaga yotqizilganlari ham bor, qolganlar esa o‘z uyida karantinga olingan. Bemorlar birga uchgan samolyot reyslarining yo‘lovchilariga nisbatan shunday yo‘l tutilmoqda.

“Moskvani tark etgan 700 nafar yo‘lovchi haqidagi ma’lumotlar boshqa viloyatlarga yetkazilgan”, — deya tushuntirish bergan Rakova.

Mavzuga doir: 

Rospotrebnadzor ma’lumotiga ko‘ra, 11-mart holatiga Rossiyada COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha jami 20 ta yangi holat qayd etilgan, shundan 17 tasi Italiyaga sayohat qilib qaytgan Rossiya fuqarolarida kuzatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют