» » Qozog‘istonda koronavirus tufayli ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Qozog‘istonda koronavirus tufayli ommaviy tadbirlar bekor qilindi


Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar koronavirus tufayli bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hukumat maxsus profilaktika choralarini amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lmaydi. Kichik va o‘rta biznes zarar ko‘rishining oldini olish muhim”, — deb yozadi To‘qayev Twitter’da.

To‘qayevning aytishicha, “asosiysi — fuqarolar salomatligi”. “Birga hamma narsani yengamiz”, — deya qo‘shimcha qilgan prezident.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti koronavirus sababli 8-mart konsertini bekor qilgan edi.

Qozog‘istonning bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshinning ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki holat 11—16-mart kunlari oralig‘ida qayd etilishi mumkin.

Mavzuga doir: JSST koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют