» » Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 10-martdagi qarori bilan Aziz Voitov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston “Sanoat qurilish” banki ATB axborot xizmati xabar berdi.

Aziz Voitov shu kunga qadar O‘zbekiston “Sanoat qurilish” banki ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bank boshqaruvi ayni paytda Milliy bank boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saxi Annaklichev tayinlangan.

Aziz Voitov (1980-yilda tug‘ilgan) Toshkent moliya institutini “Soliq va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida “Biznes boshqaruvi” bo‘yicha tahsil olgan (2010).

Aziz Voitov yangi ish joyida Alisher Abdualiyev bilan almashtirilgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdualiyev 2019-yil maydan vazirlikda ish boshlagan edi. Uning keyingi ish joyi hozircha ma’lum emas.

Vazirlik rahbari Sardor Umurzoqov esa deputatlar tomonidan bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют