» » AQSh Kongressi Trampga Eronga qarshi kuch ishlatishni cheklab qo‘ydi

AQSh Kongressi Trampga Eronga qarshi kuch ishlatishni cheklab qo‘ydi


AQSh Vakillar palatasi Donald Trampning mamlakatning qurolli kuchlarini Eronga qarshi kuch ishlatish vakolatlarini cheklovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda. Avvalroq Senat ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergandi.

Qayd etilishicha, 227 nafar kongressmen (shu jumladan, 6 nafar respublikachi) ushbu cheklovni qo‘llab-quvvatlagan, palata a’zolarining 186 nafari esa bunga qarshi chiqqan.

Rezolyutsiya demokratlardan bo‘lgan senator Tim Keyn tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, agar Kongress prezidentga harbiy harakatlar boshlashga ruxsat bermasa, AQSh Yaqin Sharqdan Eronga qarshi kurashayotgan harbiy kuchlarni olib chiqib ketishi lozim.

Endi hujjat bevosita Donald Trampga yuboriladi. Uning rezolyutsiyaga veto qo‘yishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar 2019-yilda Eron yadroviy kelishuvdan chiqqanida keskinlashgandi. 2020-yil yanvar oyi boshida AQSh harbiylarining Trampning buyrug‘i bilan Eron generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirganidan keyin davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaydi.

Shundan so‘ng yadroviy kelishuvga qo‘yilgan so‘nggi cheklovlardan voz kechishini e’lon qildi. Keyin Tehron Iroq shimolidagi va Bag‘doddagi Amerika harbiy bazasiga zarba berdi. 8-yanvar kuni Eronning havo mudofaasi tizimi AQShning qanotli raketasi deb o‘ylab Ukraina xalqaro aviakompaniyaning Boeing 737-800 samolyotini urib tushirdi.

10-yanvar kuni Vashington Eronga qarshi yangi sanksiyalar tizimini joriy etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют