» » “Alkogol mahsulotlari koronavirusdan himoya qilmaydi”. SSV spirtli ichimliklar ichishga undovchi SMSni rad etdi

“Alkogol mahsulotlari koronavirusdan himoya qilmaydi”. SSV spirtli ichimliklar ichishga undovchi SMSni rad etdi


Alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish koronavirus infeksiyasidan saqlay olmaydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, dunyoda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) bo‘yicha epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatda ushbu infeksiyaning kirib kelishi va uning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada aholining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishi va profilaktik choralar ko‘rish borasida SMS xabarnomalar yo‘llash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ularda, asosan, qo‘llarni tez-tez yaxshilab yuvish, shamollagan odamlar bilan muloqot qilmaslik, yuzni qo‘l bilan ushlamaslik, jamoat joylarga borishni kamaytirish, yo‘talganda va aksirganda og‘iz va burunni yopish kabi oddiy, ammo muhim gigiyenik qoidalar berib borilmoqda.

“Afsuski, ushbu SMS xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilish, mazmunini sun’iy ravishda o‘zgartirib berish orqali aholi orasida vahima uyg‘otayotganlar ham uchramoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik nomidan ‘koronavirusdan saqlanish uchun alkogol mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish lozim’ mazmunidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bunday SMS xabar yuborilmagan. Mutaxassislarning yakdil xulosasiga ko‘ra, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish koronavirus infeksiyasidan saqlay olmaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi (video)

Avvalroq Eronda 7 kishi koronavirusdan himoyalanish uchun metanol ichib vafot etgani haqida xabar berilgandi. So‘g‘liqni saqlash vazirligi 5-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etganiga qaramay, aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют