» » O‘zbekistonda tuhmat va haqorat qilganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlik yengillashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda tuhmat va haqorat qilganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlik yengillashtirilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Belgilanishicha, O‘zbekistonning 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

139-modda (Tuhmat):

birinchi qismining (Tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.

Amaldagi tahrirga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.

Ikkinchi qism chiqarib tashlanadi (Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qilish).

Uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblanadi va quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Tuhmat:

Amaldagi tahrirga ko‘ra, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

140-modda (Haqorat qilish):

birinchi qismining (Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.”.

Amaldagi tahrirga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi qism (Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilish) chiqarib tashlanadi.

Uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblanadi va quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Shunday harakatlar xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa - bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.”.

Amaldagi tahrirga ko‘ra — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2019-yilning 22-noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida barcha amaldorlarni OAVni qat’iy hurmat qilish, ular bilan doimiy hamkorlik qilish va kibru havoga berilmaslikka chaqirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют