» » Ichki ishlar tizimida bir qator tayinlov amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida bir qator tayinlov amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirining 11-martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Alisher Arslonov Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti kotibiyat boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Alisher Arslonov Tashkiliy departament murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi murojaatlarni turkumlashtirish va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Rustam Ro‘ziyev Navoiy viloyati Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Rsutam Ro‘ziyev Navoiy viloyati Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ma’ruf Shermuhamedov Samarqand viloyati Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ma’ruf Shermuhamedov Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sherzod Tog‘ayev Samarqand viloyati Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sherzod Tog‘ayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Elmurod Sultanov Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Elmurod Sultanov Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Navro‘z Amanbayev Toshkent viloyati Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Navro‘z Amanbayev shu yerning o‘zida bo‘lim boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют