» » Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi yangi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi yangi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi Develop Textile xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Qayd etishlaricha, Develop Textile “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi istiqbolli loyihalardan biri. Ushbu kompaniya 13 million dollarlik loyiha asosida 2020-yil yanvarda ishga tushirilgan. Germaniya, Turkiya, Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatilgan. 760 ta ish o‘rni yaratilgan.

Bu yerda yiliga 4 ming tonna bo‘yalgan tayyor choksiz trikotaj mato, 14 million dona turli xil tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniya, Fransiya va Yevropaning boshqa davlatlariga yiliga o‘rtacha 12 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni va tikuvchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashgan. “Prezidentimiz bu kabi zamonaviy kompaniyalarni ko‘paytirish orqali viloyatda yetishtiriladigan paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlash, faqat tayyor mahsulot eksport qilish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют