» » Chilonzorning yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi

Chilonzorning yo‘llari to‘liq ta’mirlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumanidagi ichki yo‘llarini ta’mirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra 2016—2018-yillarda tumandagi barcha ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlanadi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati va zamonaviyligiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Katta bino va inshootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Prezidentiga katta bino va inshootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haida axborot berildi.

Unga ko‘ra binolar yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan uch va to‘rt qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yo‘llardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Prezidentimiz yo‘llarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют