» » “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 2020-yilda umumiy qiymati 26 mln dollarlik to‘rtta korxona ishga tushadi

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 2020-yilda umumiy qiymati 26 mln dollarlik to‘rtta korxona ishga tushadi


“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Iqtisodiy zona 2017-yil 12-yanvarda tashkil qilingan, o‘sha yil oktabrda Prezident bu yerga kelib, taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Qayd etishlaricha, hozirda zonada umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan. 2020-yilda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida 12-mart kuni ushbu erkin iqtisodiy zonada bo‘ldi, bu yerda yanvar oyida ishga tushgan Develop Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “Shu yerda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Xorazmdagi yangi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют