» » Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar bekor qilindi


Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha qaror imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Hukumat koronavirus infeksiyasi (COVID-19) bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yaxshilanguncha madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga vaqtinchalik taqiq joriy etdi. Tegishli qarorni bosh vazir Muhammadkali Abilg‘oziyev imzoladi”, — deya xabar bergan matbuot kotibi.

Vazirlar Mahkamasining ta’kidlashicha, ushbu qaror koronavirus infeksiyasi xavfining oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, farmonda savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan vaqtinchalik cheklov olib tashlangunga qadar ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik va ularda ishtirok etishdan voz kechish, shuningdek, xonalar va katta zallarga sanitariya-texnik vositalar va havo tozalash moslamalarini joylashtirish tavsiya etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan. 500 nafardan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida. Mamlakatda infeksiya aniqlanishi ehtimoliga qarshi respublika shtabi tuzilgan. Mamlakat Xitoy bilan chegarani vaqtincha yopgan. Boshqa chegara davlatlardan keluvchilar tana haroratini o‘lchash moslamalari bilan tekshirilmoqda. Virus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar ikki hafta davomida karantinga yuboriladi.

Avvalroq Ozarbayjonda koronavirus sabab Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilingani, Qozog‘istonda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanib, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют