» » Qashqadaryoda qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Qashqadaryoda qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqaroning 5 million so‘mlik 2 bosh qo‘yi o‘g‘irlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova ma’lum qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Dehqonobod tumanining “Oydin yo‘l” mahallasida yashovchi Sherali Ko‘chimov tuman IIB boshlig‘iga murojaat qilib, 2020-yil 25-fevraldan 26-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar yashash uyidan jami narxi 5 million so‘mlik 2 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganini aytgan.

Tuman IIB xodimlarining sa’y-harakati bilan mazkur jinoyat ishi ochilgan. Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni 21 yoshli dehqonobodlik J.Q. va kosonlik X.O. sodir etgani oshkor bo‘lgan. Ulardan 1 million 150 ming so‘m pul dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

“Yoshlarning ushbu qilmishi jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinib, mahalla faollariga ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash mas’uliyati yuklatildi”, — deydi Iroda Rasulova.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.Q. va X.O. qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют