» » O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natadi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natadi


O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natadi. Bu haqdagi hukumat farmoyishi 12-mart, payshanba kuni, qabul qilindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Adliya vazirligi.

Farmoyishga ko‘ra, mazkur gumanitar yordam Eron hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jo‘natiladi.

Hukumat farmoyishiga muvofiq, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar yuboriladi:

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Xitoyga ikki marta gumanitar yordam jo‘natdi. Bunga javoban Xitoy rahbari Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Eron hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ga koronavirus epidemiyasi tufayli 5 milliard dollar berishni so‘rab, murojaat qildi. Avvalroq Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirgan. AQSh ko‘magini rad etgan Eron Rossiyadan yordam so‘ragan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus bilan bog‘liq vaziyat pandemiya darajasiga chiqqanini ma’lum qildi. So‘nggi ikki hafta davomida Xitoydan tashqarida koronavirus bilan zararlanish holatlari soni 13 martaga oshdi, kasallik qayd etilgan mamlakatlar soni esa uch baravar ko‘paydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют