» » Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus sababli Olmaliqda fuqarolar vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus sababli Olmaliqda fuqarolar vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelganligi, Olmaliq shahrida ushbu virus sababli 17 kishi vafot etgani haqida audioxabar tarqaldi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur xabarga munosabat bildirdi va uning mutlaqo asossiz va yolg‘on ekanligini ma’lum qildi.

Vazirlikning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur audioxabar mutlaqo asossiz va yolg‘on.

Ta’kidlanishicha, audioxabarda aytilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yopiq yig‘ilish o‘tkazilganligi haqidagi iddao ham umuman asossiz. Aslida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon qat’iy nazoratga olingan.

Jumladan, davlat chegaralarida mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktiga qo‘shimcha shifokor-mutaxassislar, zarur tibbiy jihozlar, jumladan, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, faoliyat samaradorligi kuchaytirildi.

Mazkur punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 15-yanvaridan ayni paytga qadar mamlakat bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5082 nafarida hech qanday infeksiya alomatlari aniqlanmaganligi uchun kuzatuvdan chiqarilgan, 2214 nafar fuqaroda esa tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Vazirlik ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq biron-bir holat aniqlanmaganini yana bir karra qayd etib o‘tgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida koronavirus tarqalgani, xususan, ikki bemorning shahardagi 16-kasalxonaga yotqizilgani haqidagi audioxabarlar tarqaldi. Keyinroq Sog‘liqni salqash vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi va ushbu ma’lumot haqiqatga zid ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, sog‘liqni salqash vaziri O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart, chorshanba kuni, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi hamda mazkur virus haqida gapirdi.

JSST 11-mart kuni koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi. Mazkur tashkilot vakili esa koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirdi. Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimini yubordi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют