» » Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 30 mlrd dollardan oshganini e’lon qildi

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 30 mlrd dollardan oshganini e’lon qildi


Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarining yangilangan statistikasini e’lon qildi.

2020-yil 1-mart holatiga ko‘ra, rasmiy zaxiralar 30,5 milliard dollarni tashkil etdi. Xalqaro zaxiralar — 30,01 milliard dollar. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor xorijiy valyuta (12,8 milliard dollar) va oltin (17,2 milliard dollar) o‘rtasida taqsimlangan.

Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni oshkor qilib, rasman e’lon qilishni boshlaganidan beri (2017-yil) rasmiy zaxiralar birinchi marta 30 milliard dollardan oshgan.

Zaxiralar oltin narxining o‘sishi hisobiga ortgan, oltinning o‘zi 2020-yil fevral oyiga nisbatan kamaydi — 10,6 million troya unsiyasi (banklar va zargarlar tomonidan ishlatiladigan og‘irlik birligi 31,1034768 gramm). Agar tonnaga aylantirilsa, bu 330 tonnani tashkil etadi.

Zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” ham hisoblanadi — ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.

2019-yil kuzida O‘zbekiston 13 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘lgan. Bu tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan to‘rt baravar ko‘pligini anglatadi.

Mavzuga doir: 

Bundan avval O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari hajmi qariyb 30 milliard dollarga yetgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют