» » Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi

Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi


Yangi turdagi COVID-19 koronavirus pandemiyasi 2020-yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlaydi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maxsus ekpertlar guruhi rahbari Chjun Nanshanga tayanib, Commercial Times xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallik tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha kuchlarni safarbar etilishini talab qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Epidemiya mamlakatning 3169 fuqarosini hayotdan olib ketgan. Shunga qaramay Xitoydagi epidemiologik vaziyat tobora yaxshilanmoqda. Xususan, kasallangan fuqarolarning salkam 78 foizi sog‘aydi. Karantin o‘chog‘ida joriy etilgan karantin yengillashtirildi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekiston esa Rossiyadan koronavirusni aniqlovchi test tizimlarini oldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppens O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют