» » Oq uy Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortdi

Oq uy Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortdi


AQSh prezidenti Donald Trampni koronavirus uchun tekshirish zarurati yo‘q. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishemning so‘zlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Avvalroq Braziliya prezidenti administratsiyasi huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar kotibiyati rahbari Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan edi. Ta’kidlanishicha, Vayngarten o‘tgan hafta AQShga rasmiy tashrif bilan kelgan Braziliya delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.

Reuters’ning yozishicha, Vayngarten AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqotda bo‘lgan. Biroq Oq uyning ma’lum qilishicha, Tramp va AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens braziliyalik amaldorlar bilan deyarli muloqot qilmagan.

Trampning o‘zi Braziliya delegatsiyasi a’zosida virus aniqlanganidan xavotirda emasligini bildirgan. “Keling, shunday deylik: bu menga taalluqli emas”, — deydi AQSh prezidenti.

Vayngartenda koronavirus aniqlangach, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ham tegishli tahlillarni topshirgan. Uning natijalari 13-mart kuni tayyor bo‘ladi.

Avvalroq Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus topilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQShda yangi turdagi COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab Yevropa mamlakatlaridan keluvchilar uchun 30 kunga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют