» » O‘zbekistondagi qariyb 2300 ta mahallada 2,5 million iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilanadi

O‘zbekistondagi qariyb 2300 ta mahallada 2,5 million iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilanadi


Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” tomonidan 2016-yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda “O‘zbekenergo” boshqaruvi raisi o‘rinbosari R.Rayimov so‘zga chiqdi. Anjumanda 2016-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga asosan besh yirik obyekt foydalanishga topshirilgani haqida axborot berildi. O‘z navbatida, 2021-yilga qadar 52 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

2017-yilda esa 29 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib, shu vaqtgacha ikki loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi. Jumladan, Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 90 kilometr masofadagi 220 kVli havo liniyasi quriladi.

“Elektr energiya iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimi joriy qilinib, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarni hisobga olish tizimi” dasturi bo‘yicha bir milliondan ortiq hisoblash nuqtasi ishga tushirilish arafasida turibdi.

2017—2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hisobiga shahar va qishloqlar aholisining elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 23-noyabrdagi “2017—2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 34 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV elektr tarmoqlari hamda 6930 dan ortiq transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Buning uchun qariyb 836 million dollar miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mamlakatimizdagi 2272 ta mahallada 2 million 479 ming iste’molchining elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilanadi, texnologik yo‘qotishlarni 669,61 millon kVt soatga, yillik ekspluatatsiya harajatlarini 2015-yilga nisbatan 15,3 foizga qisqartirishga erishiladi.

Feruz Qurbonov, “O‘zbekenergo” “Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini boshqarish guruhi rahbari

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют