» » Qosimov Abramovga qarshi, Andijonda vodiy derbisi. Superliga 3-tur anonsi

Qosimov Abramovga qarshi, Andijonda vodiy derbisi. Superliga 3-tur anonsi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-tur uchrashuvlari 13-mart, juma kuni start oladi.

Turni “Surxon” va “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuv ochib beradi. Avvalgi ikki turda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari g‘alabaga erishgan holda yetakchilar qatorida bormoqda. Yuz foizlik natija qayd etayotgan yana bir jamoa “Bunyodkor” esa Olmaliqda mehmon bo‘ladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumni ikkita durang bilan boshladi.

14-mart, shanba kuni yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilsa, “Qizilqum” Muborakda “Mash’al” qarshiligini sindirishga urinib ko‘radi. Amaldagi chempion “Paxtakor” esa joriy mavsumda bir durang va bir g‘alaba qayd etgan “Metallurg”ni qabul qiladi.

15-mart sanasida “Andijon” vodiy derbisida “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi. “Lokomotiv” esa “Buxoro”ni qabul qiladi.

Superliga

3-tur bahslari

13-mart, juma

14-mart, shanba

15-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют