» » Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi

Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi


Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi erkaklar bepushtligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xitoydagi Tunszi reproduktiv tibbiyot markazi shifoxonasi mutaxassislariga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mazkur ma’lumot Xubey provinsiyasi hukumatining saytida paydo bo‘lgan, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi jo‘shqin muhokamalardan so‘ng hujjat darhol o‘chirib tashlangan.

E’lon qilingan hujjatda shifokorlar COVID-19 koronavirusi urug‘lardagi immun gomeostazining buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu kabi og‘ish urug‘larning yallig‘lanishiga va o‘z navbatida bepushtlikka olib kelishi mumkin. Shu sabab farzand ko‘rishni yoki o‘zining jinsiy hayoti sifatini saqlab qolishni istagan erkaklarga gormonlar darajasini aniqlovchi test topshirish tavsiya etilgan.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi.  Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maxsus ekpertlar guruhining ma’lum qilishicha, koronavirus pandemiyasi 2020-yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют