» » Zaytun yog‘i haqida siz bilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar

Zaytun yog‘i haqida siz bilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar


Zaytun yog‘idan pazandalikda ham, davolash kosmetikasida ham foydalaniladi. Chunki uning tarkibi ko‘plab vitaminlar va foydali kislotalardan tashkil topgan. Lekin biz bu mahsulot haqida hamma ma’lumotlarni bilamizmi?

Zaytun daraxtining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi — 500 yil, lekin ba’zi daraxtlar 1500 va undan ortiqroq yil yashaydi.

Xom zaytun mevasining ta’mi taxir va eti qattiq bo‘ladi. Taxirlik bir necha hafta sho‘r suvda ivitilgandan keyin yo‘qoladi. Lekin xom zaytunlar yog‘ olishga tayyor bo‘ladi. Buning uchun avvalo zaytunlar eziladi, keyin ular sekinlik bilan aralashtiriladi va undan so‘ng yog‘i siqib olinadi.

Zaytun yog‘i o‘zining tabiiyligi va hidiga qaramasdan, juda yuqori yonish darajasiga ega. Bu bunday yog‘da har xil mahsulotlarni uzoq va shiddatli ravishda pishirish mumkinligini bildiradi. Shuningdek zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘laridan farqli ravishda oksidlanishga moyil emas. Aynan shuning uchun uni turli xil taomlar tayyorlashda ishlatish juda qulay.

Dunyoning to‘rt mamlakati zaytun yog‘i ishlab chiqarishda oldingi o‘rinni egallash uchun kurashmoqda, bular — Ispaniya, Italiya, Gretsiya va Tunis. Lekin bu mamlakatlar har birining kuchli va zaif tomonlari bor — eng yaxshi va qimmat yog‘ni an’anaviy tarzda Gretsiyada qilishadi, lekin boshqalari ham ishlab chiqarishda orqada qolishmaydi.

Manba: “Steaklovers.menu”

Опубликовано: admin (12-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют