» » Trampning matbuot kotibi: Bashar Asadni Gitlerga qiyoslab, AQSh prezidentiga pand berib qo‘ydim

Trampning matbuot kotibi: Bashar Asadni Gitlerga qiyoslab, AQSh prezidentiga pand berib qo‘ydim


Oq uy rasmiy vakili Shon Spayserning ma’lum qilishicha, u o‘zining Suriya prezidenti Bashar Asadni Adolf Gitlerga qiyoslash bo‘yicha o‘xshamagan urinishi bilan AQSh prezidenti Donald Trampga pand berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Men xato qildim. Buni boshqacha talqin qilib bo‘lmaydi. Men teginmasa ham bo‘ladigan mavzuni ko‘tarib, hammasini rasvo qildim”, — dedi AQSh prezidentining matbuot kotibi.

Spayserning alohida qayd etishicha, u o‘zining muvaffaqiyatsiz chiqqan bayonoti bilan AQSh prezidenti Donald Trampga pand bergan.

“Prezident so‘nggi ikki haftani aqlbovar qilmas darajada ajoyib o‘tkazgan edi, biroq men unga pand berib qo‘ydim”, — deya qo‘shimcha qildi Shon Spayser.

Avvalroq Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser Idlibda yuz bergan kimyoviy hujum haqida fikr bildira turib, Suriya prezidenti Bashar Asadni natsistlar Germaniyasi dohiysi Adolf Gitler bilan qiyoslagan edi.

Trampning matbuot kotibi brifing vaqtida “hatto Gitler ham kimyoviy qurolni qo‘llashdek pastkashlikka qo‘l urmagan”ini aytgan.

Brifingdan so‘ng jurnalistlarning: “Natsistlar Germaniyasi gaz kameralaridan foydalanganidan xabaringiz bormi?”, — qabilidagi savoliga Oq uy matbuot kotibi bu haqda bilishini, biroq u Gitler kimyoviy hujumni shaharlarga nisbatan qo‘llamaganini nazarda tutganini aytib o‘tgan.

Uning bu so‘zlari keyinchalik jamoatchilik tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют