» » Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi

Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi


Qozog‘istonda qo‘l berib ko‘rishish va o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqotdan qochish tavsiya qilindi, deb xabar beradi Tengrinews.

“Asosiy e’tiborni shaxsiy gigiyenaga qaratish kerak. Qo‘llarni yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish va yo‘talganda kerakli choralarni ko‘rish lozim: xonani yaxshilab tozlash, tez-tez shamollatib turish. Uchrashuvlarda qo‘l berib so‘rashishni yig‘ishtirish, o‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqot qilmaslik va ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qilamiz. Bu umumiy tavsiya. Umid qilamizki, barcha qoidalarda rioya qilinsa, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘lig‘iga zarar yetmaydi”, — deydi Nur-Sulton shahri Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi rahbari Saule Kisikova.

Kisikovaning ta’kidlashicha, shahardagi barcha tibbiyot muassasalarida shifokorlar tarkibiga koronavirus infeksiyasini qanday qilib qayd etish, shuningdek, xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazilgan.

Kisikova ushbu toifadagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatadigan tibbiyot xodimlar epidemiyaga qarshi rejim va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq ravishda o‘qitilganligini ma’lum qildi. Tibbiyot muassasalari to‘liq dori-darmonlar, kerakli vositalar va individual himoya vosiyalari bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nur-Sultondagi shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan to‘rt bemor davolanayotgani to‘g‘risidagi mish-mishlarni rad etgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etilgani, ularning ikkisi ham Germaniyadan qaytgani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют