» » Putinni koronavirusdan himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotgani aytildi

Putinni koronavirusdan himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotgani aytildi


Rossiyada COVID-19 koronavirusi tarqalishi fonida prezident Vladimir Putinni himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar berdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident Fransiyaga borib kelganidan keyin karantinga olingan deputat Sergey Katasonov bilan aloqa qilmagan.

“Prezidentga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat qandaydir epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq emas. U har doim, muntazam amalga oshiriladi. Shuning uchun prezidentni mavsumiy, boshqa kasalliklardan himoya qilish uchun hamma choralar ko‘rilmoqda”, — degan Peskov jurnalistlarga.

Peskov jurnalistlarning “Putin koronavirus mavjudligiga tekshiruvdan o‘tkaziladimi?”, degan savoliga quyidagicha javob bergan:

“Men bunday ma’lumotga ega emasman. Gap shundaki, prezident salomatligi haqidagi bunday ma’lumotlar keng ommaga e’lon qilish uchun mo‘ljallanmagan”.

U koronavirus prezidentning kun tartibiga ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qilgan.

Avvalroq ham Kremlda Putinni koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy hududida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 80 793 kishini tashkil etib, ulardan 62 793 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Epidemiya mamlakatning 3169 fuqarosini hayotdan olib ketgan. Shunga qaramay Xitoydagi epidemiologik vaziyat tobora yaxshilanmoqda. Xususan, kasallangan fuqarolarning salkam 78 foizi sog‘aydi. Karantin o‘chog‘ida joriy etilgan karantin yengillashtirildi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus pandemiyasi qachon tugashi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют