» » Toshkentda tanishiga tegishli qariyb 685 ming dollarlik telefonlarni sotib, pulini ishlatib yuborgan erkak javobgarlikka tortildi

Toshkentda tanishiga tegishli qariyb 685 ming dollarlik telefonlarni sotib, pulini ishlatib yuborgan erkak javobgarlikka tortildi


Toshkent shahar IIBB fuqarolarni firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun birovlarga ishonib, ularga pul berishga shoshilmaslikka hamda og‘zaki kelishuvlarni notarius orqali tasdiqlatib olishga chaqirdi.

Boshqarma fuqarolarning og‘zaki kelishuvlar asosida tanishlariga pul va moddiy boyliklarini berib, aldanib qolish holatlarini misol sifatida keltirdi.

Jumladan, Yunusobod tumani IIO FMBga 30 yoshli Xurshid A. murojaat qilgan. Xurshid A. o‘z arizasida 2019-yilning aprel oyidan may oyiga qadar hamkorlikda biznes-loyiha tashkil etishni va’da qilgan va undan umumiy narxi 684 719 AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 788 ta mobil telefonni olib, ularni sotgach pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan 43 yoshli Maqsadbek A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘g‘atildi.

Yana bir holatda Uchtepa tumani IIO FMBga 32 yoshli Abduhamid A. murojaat qilgan. U ham tanishining yolg‘on gaplariga ishonib, firibgarlik qurboni bo‘lgan. Uning gaplariga qaraganda, 2019-yil 1-dekabr kuni 39 yoshli Bahrom A. unga arzon narxda tilla taqinchoqlar olib berishni va’da qilgan. Shu bahona Bahromdan 1900 AQSh dollari olgan. Ammo va’da qilgan ishini bajarmagan va pullarni qaytarib bermasdan, ularni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Bahrom A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют