» » Qozog‘istonda davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi

Qozog‘istonda davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi


Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus tarqalishi xavfi tufayli davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarni xizmat safarlariga chiqishini taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan safarlardan tashqari davlat xizmatchilari va boshqa mansabdor shaxslarning chet elga xizmat safarlariga borishi taqiqlangan.

Prezident, shuningdek, korxonalar va maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining tibbiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.

Avvalroq Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etilgani, ularning ikkisi ham Germaniyadan qaytgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют