» » Braziliya prezidentida koronavirus aniqlandi

Braziliya prezidentida koronavirus aniqlandi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Braziliya prezidentining koronavirus bo‘yicha topshirgan tahlil natijalari ijobiy chiqqan. Biroq prezidentda koronavirus aniqlangani haqida hozircha rasman ma’lumot berilgani yo‘q.

Qayd etilishicha, Bolsonaruning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan uchrashuvida unga hamrohlik qilgan xodimda koronavirus aniqlangach, prezident ham tekshiruvdan o‘tgan. Braziliya prezidenti administratsiyasi huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar kotibiyati rahbari Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan. Aynan u AQShga amalga oshirilgan tashrif delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan. Oq uy esa Fabio Vayngartenda koronavirus aniqlangan bo‘lsa ham, Trampni tekshirishdan bosh tortdi.

Braziliyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 26-mart kuni qayd etilgan. Undan bir kun oldin ommaviy sayllar va karnaval bayramlari bo‘lib o‘tgan edi.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ayni paytda virus bilan kasallanganlar soni 76 kishiga yetgan. Kasallanganlarning besh nafari shifoxonada, qolganlari esa uy sharoitida karantinda saqlanmoqda. Bundan tashqari, 1500 kishi “virusning ehtmoliy tashuvchisi” sifatida kuzatuv ostiga olingan. Tekshiruvdan o‘tkazilgan 1100 dan ortiq kishida virus aniqlanmagan.

Avvalroq, Kanada bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi. Eron oliy yetakchisining maslahatchisi koronavirus sabab karantinga olindi. Putinni koronavirusdan himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotgani aytildi. Shuningdek, amerikalik aktyor Tom Xenksda ham koronavirus aniqlangan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan. Virusning eng yirik o‘choqlari Xitoy (81 ming), Italiya (12,4 ming), Eron (10 ming), Janubiy Koreya (7,8 ming), Fransiya, Ispaniya va Germaniya (2 mingga yaqin) hamda AQSh (987 nafar bemor) davlatlari bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...