» » Rossiyada yana 11 kishida koronavirus aniqlandi, kasallanganlar soni 45 kishiga yetdi

Rossiyada yana 11 kishida koronavirus aniqlandi, kasallanganlar soni 45 kishiga yetdi


Rossiyada bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11 ta yangi holat qayd etildi. Kasallanganlarning barchasi Rossiya fuqarolari hisoblanadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus Moskvada besh kishida, Sankt-Peterburgda uch kishida qayd etilgan, yana uch kishining virus yuqtirib olganligi Moskva va Leningrad viloyatlarida hamda Perm o‘lkasida aniqlangan. Barcha kasallanganlar maxsus izolyatorlarga joylashtirilgan.

Kasallanganlarning asosiy qismi so‘nggi ikki haftada Italiya, Fransiya va Avstriyada bo‘lib qaytgan. Yana bir kishi avvalroq kasallangan kishi bilan muloqotda bo‘lganidan keyin virusga chalingan. Bu kasallikni Rossiyaning o‘zida yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat hisoblanadi.

Rossiyada 13-mart holatiga ko‘ra, 45 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 42 nafari rossiyalik, ikki nafari xitoylik va bir nafari Italiya fuqarosi hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi, shu jumladan, barcha xorijliklar sog‘aygani va kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Rossiya italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni vaqtincha taqiqlagan edi. Koronavirusi tarqalishi fonida prezident Vladimir Putinni himoya qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xitoyda koronavirus haqida ilk marta noyabr oyida ma’lum bo‘lgani aniqlandi. Xitoylik shifokorlar koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi

Mavzuga doir:“Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan. Virusning eng yirik o‘choqlari Xitoy (81 ming), Italiya (12,4 ming), Eron (10 ming), Janubiy Koreya (7,8 ming), Fransiya, Ispaniya va Germaniya (2 mingga yaqin) hamda AQSh (987 nafar bemor) davlatlari bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют