» » “O‘zbekoziqovqatxolding” eksport to‘xtatilgani uchun piyoz narxi tushib ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

“O‘zbekoziqovqatxolding” eksport to‘xtatilgani uchun piyoz narxi tushib ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi eksport to‘xtatilgani uchun O‘zbekistonda piyoz narxi tushib ketgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganish olib bordi. Bu haqda kompaniyaning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 3-mart sanasidan O‘zbekistonda piyoz eksporti to‘xtab qolmagan. Bildirilishicha, mazkur sana va umuman, joriy yil boshidan mamlakat tashqi bozorga ushbu mahsulotni uzluksiz yetkazib berishda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, yanvar—fevral oylari davomida 40 754 tonna piyoz eksport qilingan. Mart oyining 10-sanasigacha bo‘lgan muddatda esa 6 752,7 tonna piyoz Afg‘oniston, AQSh, Bolgariya, Iroq, Gruziya, Belarus, Moldova, Kipr, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Eron davlatlariga eksport qilingan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ichki va tashqi bozorlarga yetarli darajada piyoz yetkazib berish salohiyatiga ega. “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan piyoz eksport geografiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani aytiladi. Joriy yildan O‘zbekiston piyozi uchun Eron, Pokiston, Tojikiston kabi yangi bozorlar ochilgani bildirilgan.

“Shuningdek, kompaniya dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan piyoz mahsulotlarini tashqi bozorlarda xaridorlarini topish uchun yordam ko‘rsatib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют