» » Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi

Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim qayd etildi


Ukrainaning Jitomir viloyatida 12-mart kuni koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 71 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayolning qarindoshlari va u bilan aloqada bo‘lgan boshqa odamlar shifokorlar nazoratiga olingan.

Koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati haqidagi xabardan keyin, Ukraina xorijliklarning mamlakatga kirishini cheklashga qaror qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chegara 48 soatdan keyin yopiladi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining 13-mart ma’lumotlariga ko‘ra, Jitomir viloyatidagi holatdan tashqari, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana ikkita holat aniqlangan, ularning ikkalasi ham Chernovsi viloyatida qayd etilgan. 2020-yil boshidan beri Ukraina Sog‘liqni saqlash markaziga COVID-19 shubhasi bilan 55 ta xabar kelib tushgan, ularning 49 tasi tasdiqlanmagan, uchtasi tekshirilmoqda.

Avvalroq, Kiyevda koronavirus sababli 12-martdan boshlab ommaviy tadbirlar taqiqlanishi, maktablar yopilishi ma’lum qilingan edi.

Ozarbayjonda ham koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi. Qozog‘iston fuqarolariga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi. Shuningdek, fuqarolarga ommaviy tadbirlarga bormaslik tavsiya etilmoqda. Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi. Rossiya italiyaliklar va Apenin yarimorolidan kelgan boshqa xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni vaqtincha taqiqladi.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda ikki kishida koronavirus qayd etildi

Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopildi. Shuningdek, mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlandi. Emmanuel Makron koronavirus sabab Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq berdi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 13-martning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют