» » Germaniya Trampning matbuot kotibini Bashar Asadni Gitlerga qiyoslagani uchun tanqid qildi

Germaniya Trampning matbuot kotibini Bashar Asadni Gitlerga qiyoslagani uchun tanqid qildi


Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybertning ma’lum qilishicha, rasmiy Berlin Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser tomonidan Suriya prezidenti Bashar Asadning Adolf Gitlerga qiyoslanganini nomaqbul harakat deb hisoblaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Istalgan zamonaviy voqea-hodisalarni natsistlarning jinoyatlari bilan taqqoslash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Bu nomaqbuldir”, — dedi Germaniya hkumati hukumati rasmiy vakili.

Avvalroq Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser Idlibda yuz bergan kimyoviy hujum haqida fikr bildira turib, Suriya prezidenti Bashar Asadni natsistlar Germaniyasi dohiysi Adolf Gitler bilan qiyoslagan edi. Trampning matbuot kotibi brifing vaqtida “hatto Gitler ham kimyoviy qurolni qo‘llashdek pastkashlikka qo‘l urmagani”ni aytgan.

Brifingdan so‘ng jurnalistlarning: “Natsistlar Germaniyasi gaz kameralaridan foydalanganidan xabaringiz bormi?”, — qabilidagi savoliga Oq uy matbuot kotibi bu haqda bilishini, biroq u Gitler kimyoviy hujumni shaharlarga nisbatan qo‘llamaganini nazarda tutganini aytib o‘tgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют