» » JSST koronavirus qurbonlarining soni fojiaviy hisoblanuvchi ko‘rsatkichdan o‘tib ketganini ma’lum qildi

JSST koronavirus qurbonlarining soni fojiaviy hisoblanuvchi ko‘rsatkichdan o‘tib ketganini ma’lum qildi


COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurbonlarining soni “fojiaviy ko‘rsatkich”, ya’ni 5 ming nafardan o‘tdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus maxsus brifingda ma’lum qilgan.

South China Morning Post nashri xabariga ko‘ra, 13-mart holati bo‘yicha butun dunyoda 5096 nafar odam koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya tufayli vafot etgan, turli mamlakatlardagi koronavirus haqidagi ma’lumotlarni umumlashtiruvchi Worldometer portalida ushbu raqam 5122 nafarni tashkil qiladi, Hopkins universiteti esa qurbonlarning 5088 nafar ekanini xabar qilgan.

JSST rahbarining aytishicha tashkilotdagi ma’lumotlar bo‘yicha 13-mart holatiga ko‘ra, 123 ta mamlakatda 132 ming nafardan ko‘proq odam koronavirus bilan kasallangan. Bu borada juda og‘ir holat Yevropada kuzatilmoqda, deya qayd etgan Gebreyesus.

“Yevropa endi COVID-19 koronavirusining pandemiyasi tarqalgan asosiy maydonga aylandi, qit’adagi o‘lim ko‘rsatkichi Xitoydan tashqari dunyoning boshqa qismidagi holatlardan ancha dahshatli. Ayni kunlarda Yevropada Xitoyda kasallik tarqalishi o‘z cho‘qqisiga chiqqan vaqtdagidan ko‘ra ko‘proq kasallanish holatlari kuzatilmoqda”, — deydi JSST rahbari.

Mavzuga doir: 

Tashkilot bosh direktori Xitoy, Janubiy Koreya va Singapurda kasallikka qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni alohida qayd etgan. Gebreyesusga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning kasallanganlarni qolganlardan alohida karantinga olib, “ijtimoiy izolyatsiya” tajribasi ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirus tarqalishi kamayayotgani ma’lum qilindi

“COVID-19 tarqalishini to‘xtatish imkoni kam bo‘lsa, ushbu jarayonni sekinlashtirib, ko‘plab odamlar hayotini qutqarib qolish lozim”, — deya ta’kidlagan u.

JSST 11-mart kuni COVID-19 koronavirusining tarqalish darajasi epidemiyadan pandemiya bosqichiga ko‘tarilganligini e’lon qilgan.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют