» » Braziliya prezidenti koronavirus bilan kasallangani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Braziliya prezidenti koronavirus bilan kasallangani haqidagi xabarlarni inkor etdi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Facebook’dagi sahifasi orqali o‘zining koronavirusga topshirgan namunalari ijobiy emas, balki salbiy chiqqani va kasallikni yuqtirib olmaganini e’lon qildi.

Avval bir nechta OAV tomonidan Bolsanaruning tahlil natijalari ijobiy chiqqani va uning COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Prezidentning o‘g‘li ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.

Koronavirus Braziliya prezidentining yordamchisi Fabio Vayngarternda qayd etilgan. U Jair Bolsonaru bilan birgalikda 8-mart kuni AQShning Florida shtatiga delegatsiya tarkibida safar qilgan. Vayngarten AQSh prezidenti Donald Tramp hamda vitse-prezident Maykl Pens ishtirokidagi uchrashuvda ham qatnashgan.

Mavzuga doir: Oq uy Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortdi

Braziliya delegatsiyasi AQShda Mayami meri Frensis Suares bilan uchrashgan, amerikalik amaldorda esa koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

Braziliyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 26-fevral kuni qayd etilgan. Mamlakat SSV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda virus bilan kasallanganlar soni 76 nafarni tashkil etadi. Bemorlarning besh nafari kasalxonada, qolganlari esa uy sharoitida karantinda saqlanmoqda. Bundan tashqari, 1500 nafar kishi “virusning ehtmoliy tashuvchisi” sifatida kuzatuv ostiga olingan. Tekshiruvdan o‘tkazilgan 1100 nafardan ortiq fuqaroda virus aniqlanmagan.

Mavzuga doir: Kanada bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют