» » Xitoydagi tadqiqot natijasiga ko‘ra, koronavirus bemor tanasida 20 kundan 37 kungacha yashashi mumkin

Xitoydagi tadqiqot natijasiga ko‘ra, koronavirus bemor tanasida 20 kundan 37 kungacha yashashi mumkin


Xitoylik olimlar dunyo miqyosida davom etayotgan pandemiyaning qanchalik og‘ir o‘tishini kasallikdan shifo topgan bemorlarning respirator namunalarini o‘rganish jarayonida ma’lum qildi. Koronavirus RNKsi minimum 20 kun saqlanib turadi, virusni aniqlash bo‘yicha uning faolligi 37 kun davom etishi mumkin, deb yozmoqda The Lancet ilmiy jurnali.

Olimlarning ushbu taxmini XXRda COVID-19 bilan kasallangan 191 nafar bemorning kasallik tarixi va labaratoriya ma’lumotlarini tahlil qilish asosida chiqarilgan. Kasalliklar tarixlariga ko‘ra, bemorlarning 54 nafari vafot etgan.

Tadqiqotning natijalari bemorlarni izolyatsiya qilish va ularni davolashni davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deya ta’kidlagan xitoylik olimlar.

Mavzuga doir: Xitoy TIV vakili koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelganini taxmin qildi

Ayni vaqtda koronavirus yuqtirib olgan bemorning karantinda saqlash davri 14 kunni tashkil qiladi. Lekin virus kasallik alomatlari yo‘qolganidan keyin ham yashashda davom etar ekan, tuzalgan bemorlar infeksiya tarqatuvchisi sifatida karantindan chiqqandan keyin yana kasallanadiganlar sonini ko‘paytirib yuborishi mumkin.

Mavzuga doir: 

13-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda 134 mingdan ziyod odam COVID-19 bilan kasallangan, 70 ming nafardan ko‘proq odam undan tuzalgan. Qurbonlar sonining 5 ming nafardan ziyod ekani xabar qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют