» » Video: AQShda koronavirus tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Video: AQShda koronavirus tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilinganini bildirdi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Favqulodda holat rejimida AQSh davlat organlariga koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratadi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, gap o‘nlab milliard dollarlar haqida bormoqda.

Prezident Donald Trampning favqulodda holat rejimini e’lon qilgan videosi Oq uy tomonidan jamoatchilik e’tiboriga yetkazilgan.

Avval Oq uyning Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortgani, AQShdagi birja bozorlarida 1987-yildan buyon eng katta pasayish kuzatilgani haqida xabarlar berilgan. Shuningdek, amerikalik mashhur aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Ritada 12-mart kuni koronavirus kasalligi mavjud ekani aniqlangan. Keyinchalik Xenks Twitter’dagi sahifasida g‘amxo‘rlik qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirib, COVID-19 kasalligi boshqalarga tarqamasligi uchun karantinda ekanini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют