» » Andijondagi mehnat yarmarkasida 44 korxona va tashkilot 185 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi

Andijondagi mehnat yarmarkasida 44 korxona va tashkilot 185 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi


Andijon viloyati hokimligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida “Kasb-hunar bilan kelajak sari” shiori ostida yoshlar forumi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Forumda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ayni paytga qadar viloyatdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan korxona va tashkilotlar o‘rtasida amaliyot o‘tash va ishga joylashish bo‘yicha to‘rt tomonlama shartnomalar tuzish yakuniga yetkazilmoqda. Unga ko‘ra, bitiruvchilarning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha turli tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tab, malaka oshirmoqda.

Tadbirda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, mavjud mutaxassisliklar, moddiy-texnik bazasi, o‘qish, kasb-hunar o‘rgatish borasidagi sharoitlari amaliy ko‘rgazmalar orqali namoyish etildi. Umumta’lim maktablari bitiruvchilariga kollejlar faoliyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.

Forumda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari mutaxassislikni qay darajada egallaganini o‘zlari tayyorlagan tikuvchilik, qandolatchilik, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmalari orqali namoyish etdi.

Forum doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida viloyatdagi 44 korxona va tashkilot 185 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada ko‘plab bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют