» » Donald Tramp koronavirus uchun test topshirishi mumkinligini ma’lum qildi

Donald Tramp koronavirus uchun test topshirishi mumkinligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin vaqtlar ichida yangi turdagi koronavirus uchun test topshirishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Donald Tramp AQShga tashrif buyurgan Braziliya prezidenti administratsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar kotibiyati rahbari Fabio Vayngarten bilan birga suratga tushgan edi. Keyinroq Vayngartenda koronavirus aniqlangan.

“Katta ehtimol bilan, ha. Aynan shu sabab bilan emas, o‘ylaymanki, men testni har qanday holatda ham topshirgan bo‘lardim”, — deydi AQSh prezidenti.

Avvalroq Trampning o‘zi Braziliya delegatsiyasi a’zosida virus aniqlanganidan xavotirda emasligini bildirgan edi. Oq uy ham Trampni koronavirus bilan kasallangan odamning tashrifidan keyin tekshirishdan bosh tortgandi. Vayngartenda koronavirus aniqlangach, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ham tegishli tahlillarni topshirgan va unda koronavirus aniqlanmagan.

Mavzuga doir: Video: AQShda koronavirus tarqalishi oqibatida favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan ham koronavirus topilgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют